Zakot 2019
Assalomu alaykum! O‘tgan 2018 yil ramazon oyida zakot berishda uch narsani pulini qo‘shib hisoblagan edim. Bular: birinchisi, o‘zim yashaydigan kvartiradan tashqari yana bitta kvartiram bor. Uni ijaraga berganman. O‘sha kvartirani sotib, olingan narxini. Ikkinchisi, mendan bir necha yildan beri qarzdor qarindoshlarim va do‘stlarim bor. O‘sha qarzlarni hammasini va uchinchisi, o‘zim yiqqan, ya’ni uyda turgan pulimni qo‘shib, natijada kelib chiqqan pulni 40 ga bo‘lib, o‘sha pulni zakot qilgan edim. Bulardan tashqari ortiqcha molim ham va tijoratim ham yo‘q. Bu yil ham shunday qilmoqchi bo‘lib, zakot berish qonun-qoidalari bilan qayta tanishib chiqish uchun uydagi kitobni ochib o‘qidim. “Zikr ahlidan so‘rang” to‘plamining 2-qismida ijaraga berilgan mashinani narxidan emas topilgan daromaddan zakot beriladi deyilgan ekan va bu meni holatimda ham shundaymikin deb uylantirdi. 1. Zakot berishda ijaraga berilgan uylarni sotib olingan narxi hisobga olinadimi yoki ulardan olingan daromadmi? 2. O‘tgan yili ukam o‘ziga uy olayotganida men unga qarz berib, “yarimi mendan senga hadya, qolgan yarimini esa puling bo‘lganda berarsan”, degandim. O‘sha qolgan yarmidan kechib yuborsam zakot o‘rniga o‘tadimi? Lekin ukam o‘ziga to‘q, yaxshi joyda ishlaydi va qarzini qaytara oladi, ya’ni haqiqiy muhtojlardan emas. 3. Meni haqiqiy muhtoj qarindoshlarim, do‘stlarim yoki qo‘shnilarim yo‘q. Sizlar haqiqiy haqdorlarni topishga yordam bera olasizlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Ulardan olingan daromad.
2). Kechish zakot o‘rniga o‘tmaydi. Zakotini berishingiz shart.
3). Bizni boshqa ishlarimiz ham ko‘p. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:19 | Savol-javoblar | 148 | Zakot
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Ulardan olingan daromad.
2). Kechish zakot o‘rniga o‘tmaydi. Zakotini berishingiz shart.
3). Bizni boshqa ishlarimiz ham ko‘p. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:19 | Savol-javoblar | 148 | Zakot