Qarz berish va olish tartibi
Assalomu alaykum! Men bir do‘stimga 100 dollar 500 000 so‘m paytida 1 000 000 so‘m, do‘konida savdo qilish uchun oborotiga berib, har oyda o‘zi rozi bo‘ladigan miqdorda foydasidan ulush olib kelar edim. Qarzga ko‘p savdo qilgani uchun ishi yurishmay qoldi. Ishni to‘xtatib qo‘ydi. Endilikda bergan pulimni so‘rasam bo‘ladimi? Mumkin bo‘lsa kurs bo‘yicha pulning qadridagi yo‘qotish kimning zimmasiga tushadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz “har oyda o‘zi rozi bo‘ladigan miqdorda foydasidan ulush berib turish”ga kelishishingiz sudxo‘rlikning ayni o‘zi hisoblanadi. Hamma olgan foydalaringizni hisoblang. 1.000.000ga etgan bo‘lsa haqqingiz qolmaydi. Pulni siz aytgandek oborotga tikishda ko‘rilgan foydaning “faloncha qismi seniki, faloncha qismi meniki” deb kelishilinadi. Buni muzoraba deyiladi. Siz aytgandek ko‘nglidan chiqargandek berib turish sudxo‘rlik bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:19 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat