Ilm nima?
Assalomu alaykum! Ilmning ta’rifi: "Xaqiqatni voqe’likdagidek idrok qilish ilmdir" Ushbu ilmning ta’rifini tushunishga osonroq qilib sharxlab bera olasizmi, ustozlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tasavvurot bahsi
1. Mavzu: Ilm va uning qismlari
“Ilm” Bu biror narsaning suratini zehn ga kelishidir. Masalan, kimdir Zayd desa, uning surati zehnga keladi. Ushbu Zaydning ilmi deyiladi. “Mirqot”da ilmning bir necha ma’noga ishlatilishi zikr qilingan. Ular:
1. Narsaning suratini aqlda hosil bo‘lishi;
2. Aqlda bir narsaning hosil bo‘lgan surati;
3. Idrokda hozir bo‘lgan narsa;
4. O‘sha suratni nafs qabul qilishi;
5. Olim bilan ma’lum orasida hosil bo‘luvchi izofa.ILMNING TAQSIMOTIIlm ikki qismga bo‘linadi:
1. Tasdiyq – tasavvurotlarga yopishgan hukmlardan iborat narsaga aytiladi (Hakimlar ta’rifi). Bunga ko‘ra tasdiyqni mavjud bo‘lishi uchun uchta tasavvurot topilishi shartdir. Shuning uchun Tasdiyq tasavvurotsiz topilmaydi. Masalan, Falon narsa falon narsadir yo falon narsa emasdir kabi xabarni va yaqinni ifodalovchi jumlalarga “Tasdiyq” deyiladi. Jumladan, Zayd qoimdir. Zayd qoyim emasdir kabi. Zaydning qoyim ekanligi yo qoyim emasligiga ishonish bilan uchta narsani ilmi hosil bo‘ladi. Birinchisi, Zaydning ilmi, ikkinchisi, “qoyim” so‘zining ma’nosini idrok etish, uchinchisi ikki so‘z o‘rtasidagi “dir” bog‘lovchisi ma’nosining ilmi;
2. Tasavvur – hukmdan xoliy idrok bo‘lib, Tasdiyq kabi hukmga ega bo‘lmaydi. Masalan, Zayd yo Zaydning quli kabi so‘z va iboralar .
Mashq
Quyida keltirilgan misollardan qaysi biri Tasdiyqga va yana qaysi biri tasavvurga kirishini aniqlab ayting?
1. Zaydning oti. 2. Amrning qizi. 3. Zaydning quli. 4. Do‘ppi. 5. Chiroyli do‘ppi. 6. Bakr Xolidning o‘g‘li bo‘lsa kerak. 7. Sovuq suv. 8. Muhammad sallollohu alayhi vasallam Alloh taoloning haq rasulidir. 9. Jannat. 10.Do‘zax. 11. Jannatning ne’matlari. 12. Do‘zaxning azobi. 13. Jannat haqdir. 14. Qabr azobi haqdir. 15. Dehli. 16 Makkai mu’azzama.
Oyna oldiga biror narsa kelsa, uning surati oynada tasvirlangani kabi zehnda ham narsalarning surati, shakli chizilib, bitilib qoladi. Zehindan farqli o‘laroq oynda faqat ko‘rinadigan narsalarning aksigina namoyon bo‘ladi. Zehnda esa, ko‘riladigan, ushlab, tatib, eshitib, hidlab, anglab bilinadigan narsalarning barchasini surati namoyon bo‘ladi. Zehnga kelgan suratlar o‘sha narsalarning ilmi hisoblanadi. Qarang, biz bir kishiga qarab va uning ovozini eshitib: “Bu Zayd” emas deymiz. Chunki, biz ko‘rgan va ovozini eshitgan Zaydning surati xotirada saqlanib qolgan. Shu bois zehnda saqlanib qolgan ma’lumot yordamida ko‘rgan va eshitgan narsamizni analiz qilib va birini ikkinchisidan ajratib: “Bu Zayd emas” deymiz. Shuningdek, nokni ko‘rib, eb, hidlab: “Bu olma emas” deymiz. Chunki, biz ko‘rgan va ta’mini totigan olmaning surati hozirgina eb ko‘rgan nokimizdan o‘zga edi-da! Xulosa qilib aytganda, ko‘rish va ushlab bilish yordamida zehnda bir narsaning surati paydo bo‘lgani kabi bir gapni tushunishdan ham bir narsaning surati zehnda paydo bo‘ladi. Ushbu narsalarning barchasiga ilm deyiladi.
Imom Roziy: “Tasdiq – bu tasavvurotning taraflari va hukmning majmuasidan iborat narsaga aytiladi” degan
Darak gap xoh musbat bo‘lsin, xoh manfiy bo‘lsin “tasdiq” bo‘lishi uchun yaqinni ifodalashi talab etiladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:34 | Savol-javoblar | 202 | Ta’lim va muta’allim