SMS orqali "siz menga kerakmassiz" deb yozsa

Assalomu alaykum! Xo‘jaynim menga telefonda sms orqali ,,siz menga kerakmassiz” deb bir necha marta aytdilar. Bu so‘zlari taloqqa o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar taloq qo‘yish niyatida aytsa taloq tushadi. Buni kinoiy taloq deyiladi. Kinoiy taloqning ma’nosi oddiy bir misol qilib aytganda, boshliq o‘z ishchisini “Sizni ishdan haydadim” deyish o‘rniga haydashga dalolat qiladigan ya’ni “Boshqa ish topsangiz yoki hozircha sizga ehtiyojimiz qolmadi yoki bugundan boshlab siz bizni xodimimiz emassiz” deb ishdan bo‘shatishga o‘xshaydi. Maqsad ishdan ketkazish. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:21 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar