O‘zida yo‘q bo‘lgan narsani sotish

Assalomu alaykum! Men bozorda ishlayman. Mijozlarimiz ba’zan telefon orqali, biz sotmaydigan narsani so‘rab qolishadi. Misol; "falon narsani bozordan topib, narxini aytvoring" deyishadi. Savolim shuki o‘sha mahsulotni bozordagi sotilayotgan narxiga o‘zimni foydamni qo‘shib, "narxi mana shunchadan ekan" desam, narxi mijozga to‘g‘ri kelib buyurtma bersa, o‘sha savdo to‘g‘ri savdo bo‘ladimi? Yani yolg‘on aralashgan savdo bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayni yolg‘on bo‘ladi. Siz ochiq oydin aytib savdo qilsangiz to‘g‘ri bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 03:26 | Savol-javoblar | 169 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar