Namozda 3-4-rakatlarda Fotihani o‘qimasa ham bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Bugun namozda uchinchi, to‘rtinchi rak’atlarida “Fotiha”ni o‘qimasa ham bo‘lar ekan deb eshitdim. Agar o‘qimasa ham bo‘ladigan bo‘lsa qanaqa o‘qish kerak? Uchinchi rak’atga turganda “Fotiha”ni o‘qimay zam sura o‘qiladimi? Masalan, 4 rak’atli sunnatlarni qanaqa o‘qisa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Farz namozlarida uchinchi va to‘rtinchi rak’atlarda Fotiha surasini o‘qish sunnat amal. Sunnat namozlarining uchinchi va to‘rtinchi rak’atlarida esa Fotiha va zam surani o‘qish vojib. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:26 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar