Gunox yoziladimi
Assalomu alaykum! Men musofirdaman xozir o‘zimni eng yaqin qarindoshlarim bilan kelganman ishlagani. Ular aroq ichadilar, sigaret chegadilar ular uylanib bola chaqali bo‘lgan insonlar, lekin nomaxram ayollardan xam ko‘zini uzmaydi. Xar gapirganda so‘kinib gapiradilar onangga, kallangga va x.k. Men o‘zimizni yurtda namoz o‘qirdim. Alloh buyurgan ishlarni qilardim, lekin bu erda sharoit yo‘q o‘qimay qo‘ydim. Aniqrog‘i joy yo‘q. Ular birla ishlayman birla ovqatlanaman. Xar kuni ovqatlanayotganda xam ichadilar. Boshqa joyga o‘tib ketay desam hozir karantin. Meni xam dilimi og‘ritib qo‘yishadi. Bu suralarni maruzalarni eshitishimga xam ruxsat yo‘q. Domdan tashqariga chiqqanda eshitvolaman. Yana ular aytadiki qalbing pok bo‘lsa bo‘ldi deydilar. Qur’onni audiosini qo‘ysam o‘chir deb so‘kinadilar. Nima qilishim kerak, qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda sharoitini topsa o‘qisin, topmasa o‘qimasin degan joyi yo‘q. Har qanday holatda ham o‘qish shart. Qiyinchilik holatda o‘qiganning savobi ming chandon ko‘p bo‘ladi. Kahf sohiblarini bilmaysizmi ular dinida mahkam turgani uchun qiyomatgacha qissalari Qur’oni karimda tilovat qilinadigan bo‘ldilar. Sizni holatingizda ham o‘qimaslik uzr emas. Imkon topib o‘qiydigan bo‘lsangiz o‘shandek ulug‘ ajrlarga ega bo‘lasiz. Joningizni sug‘irib olishmayotgandirku... Imkon topib o‘zingiza munosib joyga ishga o‘tib ham oling. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom