Hayot sug‘urtasi

Assalomu alaykum! Hozirda hayot sug‘urtasi juda ommalashib bormoqda. Shartnoma shartlari quyidagicha: xodimlar o‘z oylik ish haqlarini sug‘urta kompaniyalariga yuboradilar. Ushbu summadan daromad solig‘i ushlanmaydi (qonunchilikka muvofiq). Sug‘urta tashkiloti ularga 5 kun ichida 90 foiz yuborilgan pulni qaytarib beradi, qolgan 7 foizi bir yildan keyin va oxirgi 3 foiz pullariga ma’lum miqdorda foiz hisoblab 60 yoshga to‘lgach olish imkoniga ega bo‘ladilar. Mening fikrimcha bunday qilish to‘g‘ri emas. Lekin hamkasblarim biz pullarimizga foiz olayotganimiz yo‘q. Aksincha, hamma pulimizni qaytarib olmaymiz, faqat daromad solig‘i kamroq to‘lab foyda ko‘rayapmiz. Bu esa qonunchilikda bor narsa deyishmoqda. Kimning fikri to‘g‘ri? Yana bir vaziyat, ushbu hayot sug‘urtasi bilan shartnoma tuzgan xodimlar gohida mendan qarz so‘rashadi. Men sug‘urta shartnomasini tuzmaganman. Shunda men “sug‘urtadan oladigan pulingizdan boshqa daromadingiz bo‘lsa va ana o‘sha pullardan qaytarib bersangiz beraman”, deb javob qilaman. Bu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday sug‘urta shar’an joiz emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:29 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar