Ayolning topgan puli erinikimi?
Assalomu alaykum! O‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Turmush o‘rtog‘im plastik kartani olvoladida, faqatgina yo‘l pulini beradi. Tushlik va kundalik chiqim (sir emaski bizda yig‘di yig‘dilar ko‘p) larga umuman bermaydi. “Men ishlashga ruxsat berganim uchun har bir tiyining meniki” deydi. 4 yil kontakt to‘lab o‘qitgan beva onamga ham 2 dona non olib borishimga ko‘nmaydi. 4 yildirki bitta paypoq ham olib bermagan o‘z maoshidan. O‘zim yalinib naqd pul chiqqanida olvolaman. Qiynalib ketdim, 1,5 mln topib turib, muhtojlikdan. Nima qilay? Bu holatga biror shar’iy hukm bormi? Imkon qadar ko‘p marta e’lon qilinsinki, diniy savodi sayoz mulla akalar xotinga qulday qarashi kamaysin. Andijonda bunday holat tabiiy, yana qolmishiga xotin yoki bola kasal bo‘lsa, otasinikida davolanib kelishi shart!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ayolning topgan pulidan bir tiynida ham erning haqqi yo‘q. Qanday qilib olishni imkonini qilsangiz olishga haqqingiz bor. Bolani davolash otaning zimmasidan farzdir. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:30 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar