tashaxxudda barmokni kotarish

assalomu alaykum xurmatli Shayx hazratlari! namozda tashaxxudda otirganda bamokni kotarish kerakmi agar kotarish kerak bolsa kanday qilib xamma xar xil qiladi shu to‘g‘rimi? javobingiz uchun rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu savolning javobi ushbu saytda to‘lib yotibdi. Tushuninglar, axir. Men har bir odamga, har bir narsani alohida aytib berishga imkonim yo‘q” Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam namozda o‘tirsalar, o‘ng kaftlarini o‘ng sonlariga qo‘yar, panjalarini tugib, bosh barmoq yonidagi barmoqlari bilan ishora qilar edilar. Chap kaftlarini chap sonlariga qo‘yar edilar». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Ushbu hadisi sharifda tashahhudda qanday o‘tirish haqida so‘z bormoqda. 1. Tashahhudda o‘tirganda o‘ng kaftni o‘ng songa, chap kaftni chap songa qo‘yib, panjalarni qiblaga qaratib o‘tiriladi. 2. Panjalarni tugib, ko‘rsatkich barmoq bilan ishora qilinadi. Bu barmoq arabchada «sabboba» deb ataladi. Shuning uchun tashahhudda qilinadigan ishora ham «ishorai sabboba» deyiladi. «Ishorai sabboba» tashahhudda «Ashhadu allaa ilaaha» deganda «laa»ni aytayotganda ko‘rsatkich barmoqni yuqoriga ko‘tarish bilan bo‘ladi. O‘sha barmoqni ko‘tarishda boshqa barmoqlar yig‘ib olinadi. Ba’zilar ushbu rivoyatdagi «panjalarini tugib» degan jumlani tashahhudga o‘tirishda tugib o‘tiradi, deb tushunganlar. Shuning uchun avvaldan qo‘llarini musht qilib o‘tirib, «laa» kalimasiga kelganda ko‘rsatkich barmoqlarini yuqoriga ko‘tarishadi. «Sabboba» so‘kish deganidir. Binobarin, «ishorai sabboba» – so‘kish ishorasi bo‘ladi. Tashahhudda «Ashhadu allaa ilaaha illallohu»ning «laa»sida ko‘rsatkich barmoqni ko‘tarish «shaytonni so‘kish, uni temir qamchi bilan urish» degani bo‘ladi. Ishorani qilgandan so‘ng namoz tamom bo‘lgunicha o‘sha barmoqqa qarab turiladi.

21 Aprel 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 179 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar