Nikohimiz

Assalomu alaykum! AQShda yashayman va shu erda bir ayol bilan oila qurdim. Zagsdan o‘tib oilam bilan masjidga bordik, nikoh o‘qitish masalasi bo‘yicha, lekin imom shoshib turgandanmi yoki boshqa ish bilan ovora bo‘lgandanmi bizga nikox o‘qishmadi. Bu hol 2 marta takror bo‘ldi. Xullas, keyinchalik meni ham dinpeshvozlaridan ko‘nglim qolib, boshqa nikoh o‘qitish hakida o‘ylamay qo‘ydim. Oradan vaqt o‘tib farzandlarimiz tug‘ilishdi. Biz hozir nikoh o‘qitsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Nimaga o‘qimaganini o‘zlari bilishadi. Sababi nimada deb o‘ylaysiz? Uylanadigan ayolingiz birorta dinga e’tiqod qilmaydimi? Yoki Islom, yahudiy va nasorolikdan boshqa dinga e’tiqod qiladimi? Yoki ateistmi? Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:31 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar