Shunday shart qo‘yish joizmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar! Qilayotgan ishlaringizni Allohning O‘zi ajrini bersin.
Savol : Ustoz shogirdlariga darsdan so‘ng haq evaziga qo‘shimcha dars(repititorlik) o‘tadi. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o‘quvchilariga uy vazifasi beradi. Lekin ba’zi o‘quvchilari uy vazifasini bajarmay kelishadi va bu mavzuni yaxshi o‘zlashtirmasligiga sabab bo‘ladi. Hatto ustozi bir ikki ogohlantirishiga qaramasdan o‘quvchilar uy vazifasini yana bajarmay kelishsa, ustoz buni oldini olish uchun o‘quvchilariga "agar uy vazifasi qilib kelsalaring qo‘shimcha dars narxi 10000, uy vazifasini qilmay kelsalaring 20000 so‘m” deb shart qo‘yishi joizmi? Shunda o‘quvchilarda uy vazifasini bajarishga sal jiddiylik ortadi. Albatta bundan yagona va xolis maqsad, o‘quvchilarni uy vazifasini qilishga undashdir.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda moliyaviy jazo yo‘q. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:44 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar