Odamlardan yig‘ilgan pul
Assalomu alaykum! Biz davomiy savob umidida, Tashkent viloyatidagi bir mozorni go‘rkovi iltimosi bilan shu mozorni ichiga qo‘l-yuz yuvish uchun bir taxoratxona qurish uchun odamlardan pul yig‘ilgan edi. Lekin pandemiya sabablik bu ishimiz amalga oshmadi, chunki o‘lim ko‘p bulib, mozorda bo‘sh er qolmadi. Lekin yig‘ilgan pullar menda qolib ketti. Men shu pullarni bergan odamlarni bazilarini taniyman, bazilarini tanimayman. Xamma pulni egalariga qaytarib beroomasligimni bilib, shu puldan boshqa bir mozorda 4 jo‘mraklik ko‘l yuvish joyi qurdirdim va yana bir boshqa mozorda, go‘r qazish uchun keraklik instrumentlar xarid qilib berdim. Pul berganlarga yani taniganlarimga bu ishlarni xavarini berdim. Lekin xamma pul bergan odamlarni topa olmadim va xammasini xabardor qilmadim. Yani odamlardan boshqa mozorni ichida taxorat qilish uchun xona quriladi deb pul yig‘ilgandi. Savolim shuki-endi xabarsiz qolgan odamlardan besoroq, boshka mozor uchun pulni ishlatganim to‘g‘rimi yoki yo‘qmi? Ko‘nglim tinch emas, yani gunoxkor bo‘lmadimmi? Agar noto‘g‘ri qilgan bo‘lsam, qanday yo‘l tutay? Meni bo‘ynimda qarz bo‘lib qolib ketmasligi uchun?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sadaqa muayyan joyga tayin qilingan bo‘lsa, faqat o‘sha joyga ishlatiladi. Pul berganlarni roziligini olib qo‘ying. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 07:28 | Savol-javoblar | 162 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sadaqa muayyan joyga tayin qilingan bo‘lsa, faqat o‘sha joyga ishlatiladi. Pul berganlarni roziligini olib qo‘ying. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 07:28 | Savol-javoblar | 162 | Moliya va tijorat