O‘t qopini oldirgan kishi ro‘za tutsa bo‘ladimi

Assalomu alaykum! 5 oy oldin o‘t qopim bezovta qilgani uchun oldirib tashladim. Bu holda ro‘za tutsa bo‘ladimi? Tez-tez ovqat eb turmasa, oshqozon osti beziga zarar qilishi mumkin deyishyapti shifokorlar. Shariatda nima deyilgan shu borada?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tutib ko‘rasiz, agar qiynalsangiz ochib yuborib qishning qisqa kunlarida qazosini tutib berasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:31 | Savol-javoblar | 134 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar