Magazindan qarzdorlarni qarzini to‘lash

Assalomu alaykum! Men zakotni, magazingga borib, boshqa birovlarning qarz daftarchasiga yozdirib qarzga olgan narsalarini to‘lab yuborsam. Zakot bergan hisoblanamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo zakotni mulk qilib berish kerak. Siz qarzini to‘lab yuborishingiz bilan zakot ado bo‘lmaydi. Ado bo‘lishi uchun qarzdorlar qarzimni to‘lab qo‘ying deb buyurishlari kerak. Bildirmasdan to‘lab qo‘yishingiz bilan zakot ado bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 01:23 | Savol-javoblar | 158 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar