El chiqishi

Assalomu alaykum! Bir do‘stimiz oldindan bizning oldimizda bemalol el chiqaraveradi. Bu hol bizga yoqmaydi, lekin do‘stimizga qattiq gapirmaymiz. Yaqinda uylandi shu do‘stimiz va biz kuni kecha hazil aralash "ayolingni oldida ham el chiqarmagin" dedik. Do‘stimiz bizga ajablanib qarab "nima chiqaraveraman bu tabiiy holatku" deb biroz tortishib qoldik. Bu odobdan emas, madaniyatsizlik desak ham fikrini o‘zgartira olmadik. "Sizlar chiqarmaysizlarmi? Axir o‘zingni umr yo‘ldoshlarinku, qanaqa madaniyat?" deb ustimizdan kulganday bo‘ldi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu o‘zgalarga ozor berish hisoblanib, odat bo‘lmagan joyda zulm hisoblanadi. Odat bo‘lgan mamlakatlar mustasno. Yon atrofdagilarga badbo‘y hid taratish odobdan emas. Qolaversa bu dunyo unchalik tor ham emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:32 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar