Bir mahal namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Tanishim faqat bomdod namozini o‘qiydi. Hatto ba’zan biror ayb ish qilib qo‘ysa umuman o‘qimaydi. “Nega bunday qilasan? Voyaga etgan har bir musulmonga kunda 5 vaqt namoz farz”, desam “ishlarim bilan bo‘lib qolganlarini o‘qiyolmayapman”, deydi. Shunday insonlarga sizlar ham nasihat qilishingizni so‘rardim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taoloning dunyo hayotida joriy qilgan bir qonuni bo‘lib, “Kim amalini o‘nglasa albatta Alloh taolo uni ahvolini o‘nglab qo‘yadi. Avval ahvolimni o‘nglab olay keyin amalimni boshlayman" deydigan inson albatta xorlikka yuz tutadi. Ba’zilarning vaqtinchalik holi chiroyli bo‘lib turganiga aldanib qolmasin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:50 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar