Yolg‘on ishlatib namozga chorlash

Assalomu alaykum! Bir savolga javob juda kerak edi. Dadamning otalari katta mulla bo‘lganlar. Bu dunyodan o‘tganlariga 3 yil bo‘ldi. O‘shandan beri dadamning tushlariga kirib nimalardandir voqif qilib, nimalarnidir aytib turadilar. Dadamning tushlari doim rost chiqadi. Dadam doim bobom nima xohlasalar bajaradilar. Shuning uchun bugun xayolimga bir fikr keldi. Bobom tushimga kirdilar, menga «Namoz nega o‘qimayapsan? Ota-onang nega o‘qimayapti?»-deb so‘radilar desam bo‘ladimi ota-onamga? Balki undan so‘ng menga ruxsat berishar, balki o‘zlari ham boshlashar. O‘tgan odamning ortidan (yaxshilik uchun) yolg‘on gapirsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday deyishga hojat yo‘q. Shart namozni boshlang, nima deyishsa deyishaversin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:34 | Savol-javoblar | 189 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar