To‘y qilishdagi bid’at

Assalomu alaykum! Yoshim 23 da. Ma’lumotim oliy. Uylanish arafasidaman. Payg‘ambarimiz keltirgan sunnatlariga hamisha rioya qilishga harakat qilaman. Hozirda ota-onamga bo‘lajak kelin tomonidan yuboriladigan har xil sep, mebel kabi bid’at narsalar bo‘lmasligini, ularning barchasiga o‘z kuchim bilan erishishim haqida aytgandim. Qattiq qarshilikka uchradim. Ko‘p qattiq gaplarni aytishdi. Ota-bobolarimiz shunday qilib kelgan deyishdi. Lekin ularga qattiq qarshilik qilishda davom etyapman. Bu borada ota-onani norozi qilgan nomunofiqlardan bo‘lib qolmaymanmi? Yoki bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ularga gapirib o‘tirmasdan ishingizni qilavering. Kelin tomonga o‘sha narsalarni o‘zingiz berib bo‘lsa ham chora qiling. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:34 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar