Sen bilan yashash niyatim yo‘q deganda taloq tushadimi?

Assalomu alaykum! Ayolim bilan o‘zaro janjallashib turganimda ayolim menga “javobimni bering men siz bilan yashash niyatim yo‘q” deganida (bu hol uzoq muddat davom etib kelmoqda) men ham unga jahl ustida qasddan kelgusida yashamaslik maqsadida “meni ham sen bilan yashash niyatim yo‘q” dedim. Shunda o‘rtada nikoh buzilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu gapning o‘zi bilan taloq tushmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:34 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar