Tushlarimda jinlar keladi

Assalomu alaykum! Ba’zida uxlaganimda yonimga odam qiyofasida nimadir keladi, lekin aniq bilaman odam emas. Ba’zilari mendan yashirinib, meni kuzatadi. Ba’zilari qop-qora bo‘ladi. Menga tashlanganlari ham bor. Tashlanganda xudoni eslashim bilan qochadi. Dindan chiqishimni so‘raganlari ham bo‘lgan. “Yo‘q” deganimda ketgan. Ba’zilarini nigohi juda sovuq qo‘rqaman. Xudoni eslab, Xudoga ishonib kurashishga harakat qilaman. Ba’zilari bilgan duolarimdan ketadi, ba’zilarini ketishi qiyin, ba’zilari yaxshi uyg‘oqligimda ham uchrab yordam beradi. Bolaligimdan buyon shu ahvol. Iltimos, maslahat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu jinligi aniq. Ibodatingizda mustahkam bo‘ling. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:38 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar