Odamlarni o‘limdan keyingi axvollari kitobidan

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, "Odamlarning o‘limdan keyin axvollari" maqolasini islom.uz sayti orqali o‘qidim. Maqolada "Abu Zar raziyallohu anhu dedi: «Rasululloh sollollohu alayhi va sallam: «Uch toifa insonlar borki, ularga Qiyomat kunida Alloh taolo gapirmaydi, qaramaydi va ularni poklamaydi. Ularga alamli azob-qiynoqlar bor»- deb, uch marta takrorladilar». Men: «Ular zarar va ziyon ko‘rar ekanlar! Ular kimlar, yo rasululloh!»- dedim. Rasululloh sollollohu alayhi va sallam: «Kiyimlarini oyoq to‘piqlaridan pastga tushirib kiygan odam, minnatchi va matosini bo‘hton qasam bilan o‘tkazgan kimsa» - dedilar» (Imom Muslim, hadis # 106)". Shundan kiyimlarini oyoq to‘piqlaridan pastga tushirib kiygan odam jumlasiga tushinmadim. Shunga aniqlik kiritib bersangizlar. Rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonalarida kiyimni to‘piqdan pastga osiltirib kiyish mutakabbirlarning odati bo‘lgan. Faxrlanib o‘shanday kiyinishib yurishgan. Hozirgi kunda ham maqsad shu bo‘lsa o‘sha hadis ostiga kirib qolinadi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 10:44 | Savol-javoblar | 159 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar