Nikohlash mumkinmi?

Assalomu alaykum! Bir ayolni eri 2018 yil 16-noyabrda chamasi 60-70 sonli odamlar orasida, “bu ayol menga hechkimmas, bu ayol bilan yashamayman” deb aytgan. Ne maqsadda aytgani noma’lum, undan keyin afsuslanmagan ham. Shu holatda bu ayolga taloq tushganmi? orada 1-aytgan gapidan keyin bu ayol bilan er zo‘rlik bilan chamasi dekabr oyi oxirida yana jinsiy aloqada bo‘lgan. Keyin shu 2019 yil yanvar oyi o‘rtalarida bu ayolga qo‘ng‘iroq qilib, “men boshqa ayol topdim meni boshqa bezovta qilma” degan. Bu ayol javobini so‘ragan. Er “javobing o‘zing bilan”, degan. 1. Bu ayolga qachon taloq tushgan va necha marta? 2.Ayni vaqtda bu ayol boshqa erkak bilan nikohlanishi mumkinmi? Iddasi chiqqanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! “javobing o‘zing bilan” degan gapidan keyin ayol uch hayz ko‘rib poklangan bo‘lsa, iddasi chiqqan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:38 | Savol-javoblar | 192 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar