Nasiya savdosidagi peniya

Assalomu alaykum! Mashinani arendaga olsa va shartnomada "agar pul vaqtidan falon kun o‘tib ketsa penya to‘lanadi"deyilsayu lekin qancha vaqt o‘tsa ham penya olinmasa va bu ishdan maqsad ba’zi bir xaridorlarga faqatgina ma’suliyat yuklash uchun bo‘lsa peniya olish uchun emas. Shunday shartnomaga imzo chekib mashinani olsa joizmi? Mening tog‘am bir insondan mashina olganlar u mashinaning qiymati 9000 $ bo‘lgan. Tog‘am 3000 $ berib qolgan 6000 $ ga 3 yiliga 20%dan qo‘shilgan va 9000 $ bo‘lgan. U 9000ni 3 yilda yuqoridagi aytib o‘tgan shartnomam, ya’ni falon kun o‘tsa penya to‘lanadi degan shartnoma bilan (bu gap faqat shartnomada amalda unday qilinmaydi) olganlar. Savol avvalambor peniya olish harom hisoblanadi, lekin bu shartnomada yozilganu lekin olinmasa ham harom ishga bitm tuzilib, shunga rozi bo‘lgandek imzo chekilishi sudxo‘rlikka rozi bo‘lib sudxo‘rlik qilgan bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz bu holatda qaysi tomonsiz? Mashinani beruvchi hisoblanasizmi? Avvalo siz arenda so‘zi bilan narxini bo‘lib to‘lab nasiyaga savdo qilishni, ya’ni taqsit savdosini tushinishingiz kerak. Islom iqtisodi ulamolari shunday holat ko‘p yuz bergani uchun xaridor vaqtida to‘lamasa ma’lum bir miqdorni faqir miskinlarga sadaqa qilishni va’dasini beradi. Buni shartnomaga kiritish joiz. to‘lamagan taqdirda sud orqali to‘latib olish ham joiz. Bankning penyasidan farqi, bank u pulni o‘ziga ishlatadi. Biz aytgan suratda esa o‘sha va’da qilgan mablag‘ni albatta oladi, lekin o‘ziga ishlatmasdan va’da qilgan faqir-miskinga etkaziladi. Bu shar’an joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:41 | Savol-javoblar | 171 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar