Oylikdan pul yig‘ish

Assalomu alaykum! Bizda har oylikdan bir nimalar uchun pul ushlab qolishadi. Pulni bir ayol yig‘ib beradi. Men u ayolga “senga nima pulni yig‘ib, gunoh bo‘ladi”, desam “gunohi menga emas, pulni olganga” deydi. Men yig‘ib beraman xolos deydi. Pul berganlar esa og‘rinib, qarg‘ab chiqib ketadilar. Pulni yig‘ib bergan ayolni gunohi bormi, yo‘qmi? Javob uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عن عمرو بن يثربي رضي الله عنه - قال: قال رسول الله  صلى الله عليه وسلم  : لا يحل مال امرئ مسلم , إلا بطيب نفس منه Amr ibn Yasribiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon kishining ko‘ngildan chiqarmay bergan moli halol bo‘lmaydi” deganlar.
Hokim rivoyati. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:43 | Savol-javoblar | 136 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar