Qurbonlik atash haqida

Assalomu alaykum! Bir necha oy avval singlim farzandli bo‘ldi. Kuyov esa singlim tug‘ruq uyidan kelgach "Farzandlarim (singlim egizak ko‘rgan) chillasi chiqsa qo‘y so‘yaman" deb qurbonlik atagan. Lekin mana deyarli 6 oyki qurbonlik qilinmadi. Singlim 3 oy qishni qizlik uyida o‘tkazdi va mart oyida uyiga (kelinlik uyiga) ketdi. Qaynonasinikiga borgach farzandlaridan birini sog‘ligi o‘zgardi. Ota-onam "kuyov hammani oldida qurbonlik atagan lekin qurbonlik qilinmadi" deb aytishyapti. Savolim sundan iboratki: qurbonlik atalsa-yu bajarilmasa qandaydir nohushlik (Xudo ko‘rsatmasin) bo‘lishi mumkinmi. Kattalarda shunday gap borku axir. Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Unga bog‘liqlik joyi yo‘q. Lekin zimmasiga lozim qilib olgan bo‘lsa, nazrini bajarsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:58 | Savol-javoblar | 138 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar