Iymon kalimalarini ma’nosini bilmasdan aytsa
Assalomu alaykum! Ukam 3 yil oldin boshqa din vakilasiga uylangan. Nikox o‘qitishligidan 1-2 xafta oldin qog‘ozga kalima so‘zlarini yozib berdik. Kelinimiz shu kalimani yod olib bordi. Lekin nikox o‘qitish paytida domla Islomni qabul qilganmi deb so‘rabdilar. Yo‘q, qabul qilmagan desa ukam, unda faqat nikox o‘qiymay, kelin kalima keltirmaydi debdilar. Shu bilan nikoxni o‘qiganlar bo‘ldi. Savolim shuki, kelinimiz kalimani 2 xafta davomida yod olib qayta qayta esidan chiqmasligi uchun qaytarib yurgan. Bu bilan u dinimizni qabul qilgan bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kalima aytish bilan qalbida tasdiq qilish ham iymonning sharti hisoblanadi. Ikki ish topilgan bo‘lsa mo‘mina hisoblanadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:46 | Savol-javoblar | 180 | Oila va turmush