Tasodifan yomon ish qilib qo‘ydim
Assalomu alaykum! Men juda yomon xolatga tushib qoldim. Fitnes klubda mashg‘ulotlarni boshlash niyatida “bismillah”ni aytib to‘g‘riga qarasam bir ayolning ochiq turgan elkasiga qarab qoldim. U ayolni oldinroq ham ko‘rgandim, lekin aynan shu vaziyatda uni ro‘paramda turgani xayoldan ko‘tarildi. «Bismillah»ni aytgandan keyin nomahramning avratiga qaraganim sababli dindan qaytgan bo‘lmaymanmi? Alloh taolo barchamizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dindan qaytgan bo‘lmaysiz. Qasddan harom ishni qilishdan avval bismillohni aytgan kofir bo‘ladi. Masalan bismilloh deb aroq ichishni yoki zinoni qilishni boshlasa. Sizning holatingizda mashqni boshlash uchun aytilgan. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 13:24 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom