Kitoblarni qanday ajrataylik?

Ilmsizligim uchun ko‘p savol berayotgan bo‘lsam ma’zur tuting. Diniy kitoblarni o‘qimoqchi bo‘lsam, u kitobdagi muallif degan qismida Sizning Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ismingiz, Usmonxon Alimov, Abdulaziz Mansur kabi ismlar bo‘lmasa u kitoblarni o‘qigim kelmay qoladi. Alloh o‘zi kechirsin. Bu kitoblarni xato bo‘lishi mumkin deb o‘ylayman. Shunga Bu kitoblar O‘zbekiston Musulmonlari Idorasi tekshiruvidan o‘tganligi haqida kitobda biror belgi yoki biror narsa yozilganmi? Agar bo‘lsa aynan qaerida? Shunda men ushbu kitoblarni bemalol o‘qigan bo‘lardim. Albatta sizning yuksak ilm sohibi ekaningizga xechkim shubha qilmasa kerak. Alhamdulillah ba’zi savollarimga javob oldim. Ba’zilariga esa yo’q. Bu savollarda men “Alloh Ilmingizni mundanda ziyoda qilsin” deb yozgan edim. Bu gapim ilmingiz kam, ko‘paysin degan manoda sizning ko‘nglingizNi ranjitib qo‘ydimmikan deb qo‘rqib rosa o‘zimdan uyalib kettim. Bu gapim sizga og‘ir botgan bo‘lsa iltimos, meni kechiring.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Vazirlar mahkamasi huzuridagi diniy ishlar ko‘mitasi ruxsati berilganligi avvalgi sahifada yozilgan bo‘ladi.

26 May 2022, 21:11 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar