Turmush o‘rtog‘imning o‘g‘li menga mahrammi?

Assalomu alaykum! 1). Men erga tekkanimda turmush o‘rtog‘imning kichkina (bog‘cha yoshidagi) o‘g‘illari bor edi, men ularni o‘zim katta qildim. Hozir ular balog‘atga etishdi. Ular menga mahram bo‘loladilarmi? Ro‘molsiz ularni yonida yurish joizmi? Qizlarimgachi? (Ota bir ona boshqa farzandlar). 2). U o‘g‘illarimda qandaydir haqqim bormi yoki Alloh oldida ularni tarbiyalab katta qilayotganimga faqat savob olamanmi? 3). Noto‘g‘ri ish qilsa tarbiyalash yuzasidan urishsam bo‘ladimi? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Mahram hisoblanadi, qizlaringizga ham.
2). Savob olasiz.
3). Mehr ko‘rsatishda ham tarbiyalashda ham o‘z onalaridek ish tuting. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:46 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar