"Ketmoqchi bo‘lsang yo‘qol, ko‘zimga ko‘rinma" desa

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar! Alloh ilmlaringizni ziyoda qilsin! Uylanganimga bir yarim yil bo‘ldi. 1) Bundan 4-5 oylar oldin ayolim bilan tortishib janjallashib qoldim va jahl ustida "Ketmoqchi bo‘lsang yo‘qol, ko‘zimga ko‘rinma" dedim lekin u bilan ajrashish yoki bo‘ldi hammasi tamom boshqa yashamaslik maqsadida aytmagandim. Jahl ustida aytib yobordim. O‘sha kuni ayolim bilan yana yarashib ketdik. Uylanganimdan keyingi hayotimda taloqqa jiddiy e’tibor berar edim va shu so‘zni sira tilimga olmaslikni o‘ylab yurardim. Shu bilan birga aynan shu so‘zni aytsa taloq tushadi deb o‘ylardim lekin telegramdagi "Zikr ahlidan so‘rang" kanaliga kelgan taloq haqidagi savol-javoblarni o‘qib ko‘nglimga g‘ul-g‘ula tushdi. Hurmatli ustozlar shu so‘zdan keyin ayolimga taloq tushgan bo‘ladimi? 2) Ayolim hozirda 3 oylik homilador agar taloq tushgan bo‘lsa buning hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq niyatida aytgan bo‘lsa taloq tushadi. Niyatingiz unday bo‘lmasa taloq tushmaydi. Niyatingizni nima bo‘lganini o‘zingiz va Allohga havola. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 20:29 | Savol-javoblar | 184 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar