Ovozini chiqarmasdan ichida taloq deyish

Assalomu alaykum! Buning hammasi o‘zimning nodonligim oqibatida sodir bo‘ldi. Men sigaret chekaman va uni tashlash uchun doim harakat qilib kelganman. Ammo irodam zaifligidan buni uddasidan chiqa olmadim. Bir kuni sigaretni tashlash maqsadida "agar yana sigaret cheksam xotinim taloq bulsin" dedim o‘zimga o‘zim. Ammo bu suzni ichimda aytdim va Allohdan boshqa xech kim bilmadi. Savolim, ayolimga taloq tushganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘zingizga o‘zingiz aytiish qanday bo‘lgan? O‘sha so‘z og‘zingizdan chiqib qulog‘ingiz eshitganmi yoki xayolingizdan o‘tkazganmisiz? Xayolingizdan o‘tan bo‘lsa taloq tushmaydi. Qulog‘ingiz eshitadigan darajada aytgan bo‘lsangiz taloq tushadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:46 | Savol-javoblar | 185 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar