Mol tarqatuvchilarga programma
Assalomu alaykum! Men programmist bo‘lib ishlayman. Xozirda agentlar uchun mobil ilova yaratip shuni sotyapman. Agentlar asosan mobil ilova orkali ichimliklar sotishadi. Oddiy ichimliklar, alkogol maxsulotlari bo‘lmagan, lekin alkogol sotadigan do‘konlarga xam sotishadi oddiy ichimlik suvlarini. Shunday ishlar bilan shug‘alanadigan firmalarga mobil ilovani sotishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Faqat alkogol sotadiganlariga sotmang.
Islomda, “Dinda yaxshilikda hamkor bo‘linglar, yomonlik va gunohda hamkor bo‘lmanglar” degan qoida aytilgan. Har bir inson o‘z ishini shunga solib ko‘rishi kerak. Ishlab chiqariladigan narsalar uch turga bo‘linadi. Faqat gunoh uchun ishlab chiqariladiganlar, faqat yaxshilik uchun ishlab chiqariladiganlar va umumiy maqsadda ishlab chiqariladiganlar. Ammo kimdir ularni yaxshi maqsadda va kimdir uni yomon maqsadda ishlatadi. Masalan oddiy pichoq. Kimdir undan oshxonalarda yaxshi ishlarga foydalanadi. Kimdir u bilan jinoyat sodir qiladi. Hozirgi kundagi telefon, radio, internet kabilar ham xuddi shunday. Sizni narsangizni ham kimlardir yaxshi maqsadda va kimlardir yomon maqsadda ham foydalanadigan bo‘lib, yuqoridagiga tushsa qilish joiz. Yomon maqsadda foydalanishini ochiq-oydin aytsa unga bu narsani qilib berishingiz joiz emas. Bu xuddi bilib turib qotilga pichoq yasab bergandek bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 03:10 | Savol-javoblar | 167 | Administrator