Televizorda ko‘rsatayotgan muhtojlarga zakot berish

Assalomu alaykum! Hozirda Mening Yurtim telekanalida e’tibor markazida ko‘rsatuvi orqali qiynalgan, nochor, yordamga muxtoj oilalar xaqida ko‘rsatuvlar efirga uzatilmoqda va yordam berishni istaganlar uchun ushbu oilalarning plastik karta raqamlari keltirilmoqda. Men bu oilalar bilan shaxsan tanish emasman, telekanal bergan ma’lumotlariga asoslanib zakotimni niyat qilib shu karta egasiga bank orqali pul o‘tkazsam bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan raxamt, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Aslida ularni joylashgan joylari omonat joyi hisoblanadi. Omonat ishi o‘ta darajada og‘ir va qiyomat kuni javobgarligi ham qattiq bo‘ladi. Odatda musulmon yurtlarda bu kabi joylarga islomiy ilm olimlaridan biror insonni albatta vakil qilishadi. Ular ishlarini shar’iy jihatlarini o‘rgatib turishadi. Sizning ishingiz ham farzga tegishli bo‘lgani uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Biz u erdagilar qanday faoliyat yuritishlarini bilmaymiz. Shuning uchun aniq biror faqir-miskinga mulk qilib bering. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:56 | Savol-javoblar | 143 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar