Gunohkor bo‘lib qolmadimmi?
Assalomu alaykum! Kuni kecha yo‘limdan bir kampir chiqdi va pul so‘radi. Sababini so‘rasam “oyog‘imga dori olaman” dedi va men unga pul berdim. Ko‘rinishi havas qiladigan darajada emasdi, rus kampir edi. Buni chetdan ko‘rgan ayollar “bekor pul berding endi aroq olib ichadi” deyishdi. Ammo men buni bilmagandim, ko‘rinishidan rostdan yordam kerakka o‘xshardi. Nima qilishni bilmay qoldim. Agar u rostdan harom narsa olsa gunohi mengayam yoziladimi? Yana shunday vaziyat bo‘lsa nima qilishni maslahat berasizlar? Axir rostdanam sog‘lig‘i uchun kerakdir.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Har qanday jon egasiga qilingan yaxshilikka savob beriladi. Siz haloldan topishga qattiq urinsangiz Alloh taolo aslo uni haromga sarf qildirib qo‘ymaydi. Imom Molik rahmatullohi alayh “Biz insonni topayotgan molini haloldan yoki haromdan ekanligini sarf qilinayotgan joyidan bilib olar edik” deganlar. Bir kishi u zotning huzurlariga kelib “Sizdan shunday gap eshitdim, bu qanchalik rost” dedi. Imom Molik yonlaridan pul chiqarib “Shaharga bor va o‘zing eng to‘q deb bilgan insoninga hadya qil va ortidan kuzat” dedilar. U inson aylanib qo‘lida go‘sht ko‘tarib ketayotgan o‘ziga to‘q ko‘ringan bir insonni to‘xtatib “Bu sizga hadya” deb imomning pulini berdi va ortidan kuzatdi. U inson bir chetga o‘tib qo‘lidagi go‘shtni bir axlatxonaga tashlab yubordi va bozorga borib egulik narsalar sotib oldi. Boyagi inson orqasidan kuzatib uyigacha bordi. Chaqirib holatni to‘liq tushuntirdi. Shunda xonadon sohibi: “Imom Molikka borib ayting uning moli nihoyatda pokiza ekan. Muhtoj tugul muztor joyiga sarf bo‘ldi. Men sayyidlardanman, bir necha kundan beri oilamiz och edi. Ochlikdan o‘lib gunohkor bo‘lmaylik deb shahar tashqarisidan bir o‘limtikni topib go‘shtidan olib kelayotgan edim. Chunki bizning holatimizda u mubohga aylangan edi. Siz hadya bergach men uni axlatxonaga tashlab yubordim va bergan hadyangizga narsalar sotib oldim” dedi. U kishi imom Molikning oldilariga kelgach voqe’ni aytib berdi. Imom Molik “Endi sen eng faqir va muhtoj deb bilgan kishinga pulingdan hadya qil va uni kuzat. Shunda molingni haloldan yoki haromdan ekanligini bilib olasan” dedilar. Shaharga borib nihoyatda nochor bir yigitni topib “Mana shu eng haqli bo‘lsa kerak” deb hadyasini berdi. U yigit to‘g‘ri borib xamr sotib oldi, u erdan chiqib fohishaxonaga yo‘l oldi. Ortidan kuzatib imom Molik oldilariga qaytib keldi va bo‘lgan voqe’ani aytib, “Haqiqatan mening molim shubhali edi” dedi.
Siz molingizni haloldan topishga harakat qilavering, Alloh uni aslo harom joyga sarf qildirib qo‘ymaydi. Shu erda savol tug‘ilishi tayin, qancha-qancha haromdan mol topishi aniq bo‘lgan insonlar masjid quryaaptilar, hajga boryaptilar va boshqa yaxshi ishlarga sarf qilyaptilarku deyish mumkin. Ularning moli haromdan ekanligi va uning asl ishlatiladigan egalari faqir-miskinlar hisoblanadi. Ularning haqqini o‘zlariga bermay masjidlarga ishlatishi ham o‘zi gunohdir. Hatto fiqhiy kitoblarimizda “Haromligi aniq bo‘lgan molni sadaqa qilib savob umid qilsa kofir bo‘ladi” ham deyilgan. Shuning uchun molingizni haloldan topishga harakat qilsangiz Alloh aslo harom joyga sarflatib qo‘ymaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:48 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar