Kali linuks

Assalomu alaykum! Mani soham kiber havfsizlik sohasi, hozir shu sohada talim ovomman bizni sohamizda kompyuer uchun kali linux deb atalgan maxsus operatsion tizim ishlatiladi u ham shindoshsga oxshash ammo bizni sohaga mõljallab chiqarilgan tizim. Kecha bir dõstim kali linux dagi Kali sõzi hindlar hudosining nomi ekanligini aytib qoldi shu bõyicha malumot qidirib kõrdim va ( " Kali Linux nomi hind dinidan kelib chiqqan. Kali nomi kala so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, qora, vaqt, o‘lim, o‘lim hudosi Shiva degan ma’noni anglatadi. Shiva Kala - abadiy vaqt - Kali deb nomlanganligi sababli, uning hamrohi(Kali) ham "Vaqt" yoki "O‘lim" degan ma’noni anglatadi. Kali vaqt va o‘zgarishlarning ma’budasi") deyilgan ekan. Shu tizimni ishlatishligim joizmi sahihul buxoriyda amallar niyatlarga bogliq deyilgan hadis borku, bu tizimni ishlatishimdan maqsad ularni hudosini nomi bõlganligi sababmas kasbimga mõljallanga tizim bo‘lganligi uchun ishlataman va bu tizim man uchun juda kerakli.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishlatishingiz joiz. Siz sohangizda etuk mutaxassis bo‘lishga intiling. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 09:54 | Savol-javoblar | 167 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar