Qayta g‘usl qilish

Assalomu alaykum azizlar! G‘usl qilish davomida tahorat buzilsa g‘usl ado bo‘lsada namoz o‘qib bo‘lmasligini ushbu savol javoblardan bilib oldik. Lekin men g‘usl qilishim davomida tahoratim buzilsa g‘uslning barcha farzlarini qaytadan qilaman huddiki yangidan g‘usl qilgandek va shu g‘usl bilan namoz o‘qib kelganman. Shunday holatda namoz o‘qisa bo‘ladimi? Yuqoridagi holatda o‘qigan namozlarim ado etilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 23:46 | Savol-javoblar | 164 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar