8 mart xaqida gapirgan imom
Assalomu alaykum! Ilmsizlik qilayotgan bo‘lsam ming bor uzr so‘rayman. Bugun o‘g‘lim masjidga juma namozda domla xutba o‘qiyotib 8 mart ayollarimiz qizlarimiz bayrami ularni tabriklab qo‘yinglar va shunga o‘xshash gaplarni mavziya qilibdilar. O‘g‘lim domla 8 mart xaqida gapirganlarida boshqa masjidga borish uchun chiqib ketmokchi bo‘libdi lekin ancha odamni bezovta qilib qo‘yarkanman deb shu domlaga iqtido qilgancha juma namozini o‘qib chiqibdi. 8 martni bayramimiz deb gapirgan domlaga iqtido qilish durustmi? O‘g‘limni namozi durust bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iqtidosi durust bo‘lgan.
- Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida ular ikki kunda o‘ynashar edilar.«Bu ikki kun qandoq kun?» deb so‘radilar.«Johiliyatda o‘ynaydigan kunimiz edi», dedilar.Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh sizlarga u ikkisi o‘rniga ulardan ko‘ra yaxshi Azho va Fitr kunlarini berdi», dedilar».Sunan egalari rivoyat qilishgan.Madina ahlining Islomdan avval ikki bayrami bor edi. U bayramlarning birinchisi shamsiy sananing avvalgi kuni hisoblanar edi. Bu kun bahorda kecha bilan kunduz tenglashgan, issiq ham, sovuq ham o‘rtacha bo‘lgani uchun qadimgi hakimlar bayram kuni, deb ixtiyor qilishgan edi. Ikkinchi bayram esa kuzda, mezonda – kecha bilan kunduz teng bo‘lib, havo mo‘’tadil bo‘lganda bayram qilinar edi. Islom kelib, bu ikki bayram o‘rniga ikki Islom bayramini joriy qildi. Shar’iy bayramlarda o‘ynab-kulib, xursandchilik qilgan, ahli ayoli, tanish-bilishlarga kengchilik yaratganlar savob oladigan bo‘ldilar. Ulardan biri Ramazoni sharif ro‘zasini tamomlash munosabati bilan bo‘ladigan Fitr bayrami. Ikkinchisi esa, Baytullohga hajni tamomlash munosabati ila bo‘ladigan Qurbon bayrami. Musulmonlar uchun bu ikki bayram eb-ichmoq, o‘ynab-kulmoq kunlaridir. Har bir millat o‘z bayramiga ega bo‘lgani kabi musulmon ummati ham o‘z bayramiga shu tariqa ega bo‘lgan.Boshqalarning bayrami diyniy ma’noda bo‘lsa, musulmon odam uchun o‘zini chetga olish lozim bo‘ladi. Mazkur bayram qavmi musulmonlarni islomiy bayramlar bilan tabriklaydigan bo‘lsalar, musulmonlar ham ularni tabriklashlari mumkin. Ammo musulmonlar boshqa diynning bayrami bilan bir-birlarini tabriklashlari mumkin emas.Diynga bog‘liq bo‘lmagan, milliy, xalqaro bayramlarga oid ishlar engilroq ekanini, ba’zi ulamolar aytishgan. Misol uchun, siz aytgan 8 – mart, amerikalik ayollar tashkil qilgan narsa. Ba’zi musulmon diyorlarda buni “onalar bayrami” deb atashgan. Albatta, musulmonlar bu kun munosabati ila amerikalik ayollar aytgan gaplarga amal qilishlari kerak demoqchi emasmiz. Balki, tabriklaganlar Islomdan chiqadi degan gapni to‘g‘ri emas demoqchimiz. Buning o‘rniga o‘shalarga bor gapni tushuntirish kerak. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 22:58 | Savol-javoblar | 174 | Ibodatlar