Ukalarimning holati

Assalomu alaykum! Alhamdulillah chin dildan namoz o‘qishni 2 oy avval boshladim, iymonim yanayam mustahkam bo‘ldi beadat shukur bo‘lsin. Otam bilan onam bizni boqaman deb safarda ishlashyapti, men 9-sinfman, ukam bor 7-sinf, singlim bor 5-sinf. Qo‘limdan kelganicha dinni, namoz o‘qishni o‘rgatay desam bular xoxlashmayapti. «Islom dinida majburlanmaydi» degan gaplarni o‘qidim, lekin chin dildan o‘rgatishni xoxlayapman, chunki bularni vaqti bekordan ketyapti, achinyappan bularga, majburlayappan foydasi bo‘mayapti. Yaxshi ham yomon ham gapirib ko‘rdim. Nima maslahat berasizlar imkon qadar bularni ham duo qilyappan yana nimalarni yo‘lga qo‘yishim kerak? Bular uchun hamma narsaga tayyorman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Go‘zal uslubda ilm o‘rgating. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:36 | Savol-javoblar | 138 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar