Nima qilmoq joiz?

Assalomu alaykum! Har doim bir narsani eshitsam yoki o‘qisam ko‘nglimdan har xil xayollar o‘tadi. Ya’ni qachonki Alloh bizni yaratganida jannatiy yoki do‘zaxiyligimizni belgilab yaratgan bo‘lsa, biz qanday qilib jannatga erishishimiz mumkin? Agar u belgilanmagan bo‘lsachi? Aniqroq aytsam biz buni o‘zgartira olamizmi? Jannatiy qilib yaralib do‘zaxga yoki aksincha do‘zaxiy qilib belgilanib jannatga tushish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bandaning ishi Alloh buyurganlarini bajarib, qaytarganlaridan qaytish. Taqdir belgilanishi “Sen shunga majbursan, xohlasang ham xohlamasang ham”  degani emas. Unda inson boshqa jonsiz narsalar kabi bo‘lib qolar edi. Hayotda ko‘rib turibmizki, inson biror bir daraxt emaski bir joyga o‘tqazib qo‘ysangiz o‘sha erda ko‘karib, meva berib u joydan boshqa joyga aslo siljiy olmasa. Biror narsaning oqibati nima bo‘lishini bilish turlicha bo‘ladi. Masalan: ustoz o‘z shogirdlarini o‘qitib ularning qasi biri imtihondan qanday baho olishini biladi. Ixtirochi ixtiro qilgan narsasi qancha xizmat qilishi, qaysi holatda buzilishi va necha yilda ishdan chiqishini biladi. Alloh taolo bandalarining oqibatini bilishi esa boshqalarning bilishidan ko‘ra mukammaldir. Ustoz shogirdini o‘zi bilgan bahoni olishga majbur qilmaganidek, Alloh taolo ham O‘zi bilgan oqibatga bandasini majbur qilmaydi. Vallohu a’lam!Quyidagi linkda berilgan javobni o‘qing. https://savollar.islom.uz/wparxiv/119709

25 May 2022, 22:54 | Savol-javoblar | 164 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar