Shunday bag‘ishlash mumkinmi?
Assalomu alaykum Ustozlar! Alloh ilmlaringizni bundanda ziyoda qilsin. Savolim: 1. Biz oilamiz bilan har kuni shom namozidan keyin Voqea va Mulk suralarini audiosini qo‘yib o‘zimiz kitobdan ushbu suralarni o‘qib o‘tiramiz. Chunki arabcha o‘qishni va tajvid ilmlarini hali to‘la o‘rganmaganmiz. Shunday qilsak hadislarda kelgan savoblarga erishamizmi? 2. Ushbu suralarni o‘qib bo‘lgandan so‘ng onam duolarida ushbu suralarni savobini "Alloh o‘zingga bag‘ishladik, payg‘ambarlarga, o‘tgan barcha mo‘’minlarga bag‘ishladik" deb duo qiladilar. O‘qilgan Qur’onni Allohga bag‘ishlash qanchalik to‘g‘ri? Islom.uz va Muslim.uz saytlaridan o‘qigan va bilganlarimdan tushunishim bo‘yicha Alloh bizning duoimizga muhtoj emas, shundaymi? Onamga shu haqda tushuntirmoqchi bo‘ldim, lekin avval sizlardan bu haqda aniq javob olay degandim. Allohga shukr ushbu saytlar orqali bilmaganlarimizni, aslida shariatda yo‘q narsalarni o‘qib, bilib bormoqdamiz. Qachonki uyda biror bid’at yoki shariatda yo‘q narsalar bo‘layotganini ko‘rsam darrov Savollar bo‘limidan javob qidirib topib, onamga o‘qitaman, shundan keyin onam ham darrov Allohga tavba qilib, bu ishlarni qayta takrorlamaydilar. Ustozlar onam haqlariga Duo qilsangizlar iltimos, chunki ko‘pincha namoz o‘qiyotganlarida nimani o‘qiyotganlari eslaridan chiqib qoladi. O‘qilgan suralarni Allohga bag‘ishlash to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tushuntirib bersangizlar iltimos. Chunki onam ham ushbu ikki Islom.uz va Musim.uz saytlarbda berib boriladigan maqola va savol-javoblarga ishonadilar. Javob uchun oldindan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Erishasiz. Nima bo‘lganda ham uyingizda o‘sha suralar o‘qilgan hisoblanadi. 2). Bunday deyish noto‘g‘ri. Balki “Allohim bizlardan buning qiroatini va eshitganimizni qabul ayla, savoblarini ko‘paytirib Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga va iymonda o‘tgan va qiyomatgacha iymonda o‘tadigan boshqa bandalaringa etkazgin” – deyiladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:54 | Savol-javoblar | 150 | Qur’oni karim