Bomdod namozidan keyin

Assalamu alaykum! Ustozlar Men hali “Yosin” surasini to‘liq yod olganim yo‘q. Shuning uchun bamdod namozining zikrlardan keyin “Yosin” surasni kirill harfli kitobdan o‘qisam bo‘ladmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biror mutaxassisdan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri o‘qiyotganligingizni tekshirtirib oling. Chunki arab alifbosida to‘rt hil “Z”, uch hil “S” va uch hil “H”lar bo‘lib, ularni kirillchada o‘rinbosari yo‘q. Ularning birini o‘rniga boshqasini talaffuz qilish ila ma’no qo‘pol tarzda buziladi va ko‘p o‘rinlarda namozni buzilishiga ham sabab bo‘ladi. Bizning yurtlarda ham avvaliga xalqning savodini nazarda tutib, "Tafsiri Hilol"da ham Qur’on lafzlarini kirill xatida yozilgan edi. Keyinchalik buni to‘xtatildi. Chunki qadimdan ulamolarimiz Qur’on kalimalarini ajam alifbosida yozishni “Qur’onni tahrif qilishlik” deb fatvo berganlar. Ya’ni “Qur’on ma’nolarini buzish” deganlar. Vallohu a’lam.

1 May 2022, 16:31 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar