Ko‘chadagi hammomga ayol kishini borishi

Assalomu alaykum! Ko‘chadagi hammomlarda ayollar kirib cho‘milishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ayol kishining boshqa ayolga nisbatan avrati kindigining ostidan tizzasining ostigachadir. Umumiy hammomlarda bu avratni berkitishga e’tibor qaratilmasa bilib turib o‘sha joyga kirish joiz emas. Yakka xonalari bo‘lsa afzal, bo‘lmasa u erga borib g‘usl qilish joiz. عن عائشة رضي الله عنها أَنَّ نِسْوَةً مِنْ أَهَلْ حِمْصَ اسْتَأْذَنَّ عَلَيها ، فَقَالَتْ : لَعَلَّكُنَّ مِنْ اللَّوَاتِي يَدْخُلْنَ الْحَمَّامَاتِ ؟! سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ : أَيُّمَا امْرَأَةٍ وَضَعَتْ ثِيَابَهَا فِي غَيْرِ بَيْتِ زَوْجِهَا فَقَدْ هَتَكَتْ سِتْرَ مَا بَيْنَهَا وَبَيْنَ اللَّهِ رواه أحمد (6/173) ، وأبو داود (4010) والتِّرمِذي  Hims ahlidan bo‘lgan bir necha ayollar Oisha roziyallohu anhoning huzuriga kirishga izn so‘radilar. Shunda Oisha roziyallohu anho: “Sizlar hammomga kiradigan ayollardan bo‘lsalaringiz kerak-a. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Qaysiki ayol o‘z erining uyidan boshqa joyda kiyimini echadigan bo‘lsa, o‘zi bilan Allohning o‘rtasidagi pardani yirtibdi” deyatganlarini eshitganman” dedilar.
Termiziy, Ahmad va Abu Dovudlar rivoyati. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:55 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar