Qizlar pardozi
Assalomu alaykum! Hijobdaman. Deyarlik pardoz qilmayapman. Ammo bir dugonam qiz bola ko‘chaga chiqqanida yuzida parda bo‘lishi kerakligini va pardozi parda ekanini aytdi. Men bu dindan bexabar insonlarning uydurmasi deb aytdim. Chindan ham shundaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Dugonangiz noto‘g‘ri aytibdi. Pardoz husnni to‘suvchi emas, balki o‘zgalarni jalb qiluvchi hisoblanadi. Ayollar o‘z erlaridan boshqalar uchun bunday qilishi joiz emas. عن عبد الله بن مسعود رضي الله عنه عن النبي صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قال: المرأة عورة فإذا خرجت استشرفها الشيطان. رواه الترمذي Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ayol kishi avratdir, qachon tashqariga chiqsa shayton uni kutib oladi”.
Termiziy rivoyati.
Shayton kutib olishidan maqsad, o‘zini fitnaga soladi yoki u orqali boshqalarni fitnaga soladi. Ayol kishi pardozli bo‘lgani fitnaga soluvchiroq bo‘lishi barchaga ma’lum. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:55 | Savol-javoblar | 164 | Ayollarga oid masalalar