Kvartirada ro‘yxatda turganlik uchun haq olish

Assalomu alaykum hurmatli Shayx hazratlari. Men yashaydigan shaharda yirik sanoat korxonasi bo‘lib, bu erda ishlash uchun chetdan doimo odamlar kelishadi. Ulardan esa ishga joylashishda mana shu shaharda ro‘yxatda turganligi talab qilinadi. Hammaning ham kvartira sotib olishga imkoniyati yo‘q. Qolaversa bu shaharda qarindoshi bo‘lmaganlar ham ko‘plab keladi. Mana shu holatda kvartirasi bor kishilar u kishini o‘z uyiga ro‘yxatga qo‘yish uchun tegishli joylarga ariza bilan murojaat qiladi va bu ish amalga oshadi. Lekin kvartira egasi chetdan kelgan shaxsni uyiga ro‘yxatga qo‘yganligi uchun dastlab ma‘lum summani olsa, keyin bu kvartirada yashamasada undan har oyda belgilangan miqdorda summa to‘lab turishi haqida kelishib olishadi. Savolim shundan iboratki, ijaraga o‘z mulkini berib, unga haq olishlik joiz. Lekin yuqoridagi kabi holat tufayli haq olishlikning hukmi qanday?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Muruvvatsizlik.

3 May 2022, 12:32 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar