Qabristonda Qur’onni audio holatda qo‘yib qo‘yish

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda ba’zilar o‘tgan yaginlari qabrlari oldigan quyosh panel o‘rnatib, undagi elektr tokdan foydalanib, Qur’oni Karimning audio holatda eshittirishmoqda. Bu ishga shariatimiz ruhsat beradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishdan mayyitlarga manfaat yo‘q. O‘qimoqchi bo‘lsa bir inson o‘zi jonli tilovat qilsin. Qolaversa bu ish o‘sha erda ishlayotgan yoki o‘tayotgan odamlarni Allohning quyidagi oyatiga xilof ish qilib qo‘yishlariga sabab bo‘lishi mumkin. Alloh taolo "A’rof" surasida marhamat qiladi: وَإِذَا قُرِىءَ الْقُرْآنُ فَاسْتَمِعُواْ لَهُ وَأَنصِتُواْ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ۝204. Qachon Qur’on tilovat qilinsa, unga quloq solinglar va jim turinglar, shoyad, rahm qilinsangiz. Vallohu a’lam!

18 Noyabr 2023, 18:46 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar