Bor hadismi?

Assalomu alaykum! Anvar qorining ma’ruzasida eshitib qoldim. Bir kuni Oisha onamiz rashq qilib qozondagi sho‘rvani ag‘darib yuborgan ekanlar. Payg‘gambarimiz xay xay Oisha deb sho‘rvaning go‘shtini terib egan ekanlar. Bu ma’lumotni erkaklarni ayollariga nisbatan sabrli bulish kerakligini tushuntirish maksadida aytib o‘tdilar. Bu haqida hadis bormi, ushbu ma’lumot to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Asl rivoyat quyidagicha; عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عِنْدَ بَعْضِ نِسَائِهِ فَأَرْسَلَتْ إِحْدَى أُمَّهَاتِ الْمُؤْمِنِينَ بِصَحْفَةٍ فِيهَا طَعَامٌ، فَضَرَبَتِ الَّتِي النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي بَيْتِهَا يَدَ الْخَادِمِ فَسَقَطَتِ الصَّحْفَةُ فَانْفَلَقَتْ، فَجَمَعَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِلَقَ الصَّحْفَةِ، ثُمَّ جَعَلَ يَجْمَعُ فِيهَا الطَّعَامَ الَّذِي كَانَ فِي الصَّحْفَةِ وَيَقُولُ:  غَارَتْ أُمُّكُمْ ، ثُمَّ حَبَسَ الْخَادِمَ حَتَّى أُتِيَ بِصَحْفَةٍ مِنْ عِنْدِ الَّتِي هُوَ فِي بَيْتِهَا، فَدَفَعَ الصَّحْفَةَ الصَّحِيحَةَ إِلَى الَّتِي كُسِرَتْ صَحْفَتُهَا، وَأَمْسَكَ الْمَكْسُورَةَ فِي بَيْتِ الَّتِي كَسَرَتْ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayollaridan birining oldida edilar. Mo‘minlarning onalaridan biri tovoqda taom yubordi. Shunda uyida Nabiy sollallohu alayhi vasallam bo‘lgan ayol xodimning qo‘liga urdi. Tovoq (erga) tushib, bo‘linib ketdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam tovoqning bo‘laklarini yig‘dilar. Keyin taomni shunga sola boshladilar va:  Onangiz rashk qildi da , deb qo‘ydilar. Keyin o‘zlari uyida bo‘lgan ayoldan tovoq keltirilguncha xodimni ushlab turdilar-da, butun tovoqni tovog‘i singan ayolga berib, singanini sindirganning uyida qoldirdilar. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 148 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar