Yirtiq kiyim

Assalomu alaykum! Ko‘z tegmasin judayam yaxshi yashaymiz Allohga shukur. Otam kiyimlarni yirtilgunicha kiyadilar. Bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Boy bo‘lsa unchalikka bormaslik kerak. Boy bo‘laturib sahobalardek qo‘lida hech narsa olib qolmaydigan inson bo‘lsa joiz. Ham bor, ham o‘zgaga bermay yirtilguncha kiyish Allohga mahbub emas. عن عمرو بن شعيب عن أبيه عن جده قال قال رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  إن الله يحب أن يرى أثر نعمته على عبده وفي الباب عن أبي الأحوص عن أبيه وعمران بن حصين وابن مسعود قال أبو عيسى هذا حديث حسن Amr ibn Shu’ayb otasidan u bobosidan rivoyat qiladi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta Alloh taolo bandasida bergan ne’matining asarini ko‘rishni yaxshi ko‘radi” dedilar.
Termiziy rivoyati. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:59 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar