Ikki sajda orasida duo o‘qish

Assalomu alaykum! “Hadis va hayot” kitobining 5-juzida ikki sajda orasida Nabiy (sollallohu alayhi vasallam u kishiga salotu salomlar bo‘lsin) “Allohumag‘firlivarxamni va afini vaxdini varzuqni” der edilar degan hadis bor(253-bet). Buni farz va sunnat, tahajjud va nafl namozlarida ikki sajda orasida o‘qisak bo‘ladimi? 2. Namoz ichida salovotdan keyin “Robbana” duosi bilan birga salom berishdan avval “sayyidul istig‘for”ni aytish joizmi yoki namozdan keyin aytish joizmi? Namoz va duolar kitobida “sayyidul istig‘for” lafzlari saytda kelgan istig‘fordan biroz boshqacha ekan. Bunga qanday fikr bildirasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi. 2). Namozda aytsangiz ham bo‘ladi. Saytdagini o‘qing. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:58 | Savol-javoblar | 187 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar