Taloqni nimaligini bilmaganning talog‘i

Assalomu alaykum! Bir dugonam o‘g‘lini juda yosh uylashgan edi. Yoshlar bir-biri bilan yaxshi edi, lekin kattalarni dep g‘alva chiqqan. Yigit kelinga “agar onangiz sizni olib darvozadan chiqsangiz sizdan rozi emasman”, degan. Baribir onasi kelib qizini olib ketgan. Shu bo‘yi onasinikida qolgan. Kuyovni ota-onasi ham o‘g‘lini 4 oydan keyin “uchtaloq deb aytasan” deyishgan. Lekin o‘g‘il bu qanday so‘z, oqibati nimaligiga aqli etmasdan aytkan. Mana hozir uch yildirki o‘g‘il shu kelinni sevadi. Uyga olib kelmoqchi bo‘ladi, lekin kattalar yo‘l qo‘yishmaydi. “Sizlar menga ayt desangizlar aytibman, lekin tushuntirmagansizlar”, deyapti. Kelin ham turmushga chiqqani yo‘q. Dugonamni o‘g‘li faqat shu qizni deydi. O‘g‘li bir qori akadan so‘rasa “onasi olib chiqib ketganda bir taloq tushgan keyingisi o‘tmaydi”, depti. Hozir qudalar ham yumshab qolishgan, lekin qayta nikoh halolmi bilishmayapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qayta nikoh halol emas. Ular orasiga uch taloq tushgan. Siz aytgan bir qori aka ilmsizlik qilibdi. Rozimasman deyish bilan taloq tushmaydi. Qolaversa, taloqni ustiga taloq tushaveradi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:59 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar